Oʻqishdagi aqlli yordamchingiz.

QuizPilot

Hujjat yuklang yoki mavzu nomini yozing. QuizPilot oʻzi test, fleshkarta va slaydlarni tayyorlab, har bir javobga tushuntirish beradi.

Tayyor oʻquv materiali qoʻlingizdagi bor manbadan yaratiladi.

Odatda oʻquv materiallarini oʻzingiz tuzishingiz kerak boʻladi. QuizPilot esa manbani oʻqib, hamma ishni oʻzi qiladi. Konspektlarni PDF yoki DOCX formatida yuklang, oʻquv dasturini kiriting yoki shunchaki mavzu nomini yozing. Sanoqli soniyalarda yechish uchun test, yodlash uchun fleshkarta va takrorlashga slaydlar tayyor boʻladi. Ularning barchasi siz bergan manbaga asoslanadi.

Manbalar
PDF, DOCX yoki oʻzingiz yozgan istalgan mavzu
Natija
Testlar, fleshkartalar va slaydlar
Tillar
13 ta tilda

Oʻqishdagi haqiqiy holatga moslashgan: tartibsiz manbalar, kam vaqt va har doim xato qilinadigan oʻsha bir nechta savol.

Istalgan manbadan yarating

PDF yoki DOCX yuklang yoxud mavzu nomini kiriting. QuizPilot test, fleshkartalar toʻplami va slaydlarni tayyorlab, har bir javob uchun alohida izoh yozib beradi.

SuperFocus rejimi

Xato qilgan savollaringizga eʼtibor qaratadigan intervalli takrorlash. Notoʻgʻri javoblar yodda qolgunicha aniq jadval asosida qayta-qayta chiqaveradi. Shunda vaqtingizni eng kerakli joyga sarflaysiz.

Group Quiz

Umumiy reyting bilan jonli musobaqa uyushtiring. Sinf, oʻquv guruhi yoki kim haqiqatan dars qilganini aniqlash uchun ajoyib yechim.

Har bir javobga tushuntirish

Shunchaki toʻgʻri yoki notoʻgʻri deb oʻtib ketilmaydi. Har bir savol qisqa izoh bilan keladi. Shunda hatto xato javob ham yangi bilimga aylanadi.

Qanday ishlaydi

  1. Yuklang

    PDF yoki DOCX yuboring, yoxud toʻgʻridan-toʻgʻri chatga istalgan mavzuni yozing.

  2. Yarating

    QuizPilot test, fleshkarta va slaydlarni izohlari bilan birga tayyorlab beradi.

  3. Oʻrganing

    Test yeching, kartalarni yodlang va xato qilgan savollaringizni SuperFocus orqali takrorlang.

Qulay platformada oching

Brauzerda oching, odamlar doim ochiq tutadigan chatdan boshlang yoki ilovani yuklab oling.

260K+
oʻquvchi
13
til
3
oʻquv formati

Hujjat yuklang va tayyor oʻquv materialini oling.

Biz bilan bogʻlaning

Muhim yangiliklardan xabardor boʻling

Faqat eʼtiboringizga arziydigan yangilik chiqarganimizda qisqacha xat yuboramiz. Yangi mahsulotlar, katta imkoniyatlar va jamoamizdan qiziqarli hikoyalar. Ortiqcha shovqinsiz.

Email manzilingizdan faqat shu xabarlar uchun foydalanamiz. Istalgan vaqtda obunani bekor qilishingiz mumkin.